Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda 800 gektar sho‘rxok yerlar yashillikka burkanadi
13:39 / 2022-05-20

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan amaliy seminar M-34 avtomogistral yo‘lining ikki chetidagi yer maydonlarini o‘zlashtirish va bu yerda yashil bog‘ barpo etish loyihasi taqdimotiga bag‘ishlandi.

Viloyat hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev, sektorlar rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etgan mazkur seminarda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilmurod Abdurahmonov loyiha haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Ushbu hududdagi yer maydonlarida nisbatan sho‘rlanish kuchli. Loyihaning e’tiborga loyiq jihati ham shu, aslida. Qayd etilishicha, loyiha doirasida 800 gektar yer maydonini o‘zlashtirish va bu yerda viloyat sharoitiga, ayniqsa, sho‘rxok yerlarga chidamli bo‘lgan anor, behi, anjir va jiyda ko‘chatlarini ekish maqsad qilingan.

– Yerlarni o‘zlashtirish jarayonida tomchilatib sug‘orish tizimini yaratish choralari ham ko‘riladi, – deydi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Isroilov. – Buning uchun 24 ta tik quduq qazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, asosiy meliorativ tadbirlar, dalalarni tekislash, sho‘r sizot suvlarni chiqarib yuborish uchun 10 kilometr uzunlikdagi zovur qaziladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun yuzdan ortiq maxsus texnika vositalari safarbar etilgan.

Yuqoridagi tadbirlar uchun 2022 yilda ekin yerlarining meliorativ holatini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag‘laridan iqtisod qilingan 8 milliard so‘m qismi yo‘naltiriladi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA