Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda 60 milliard so‘mlikdan ortiq loyiha muddatidan oldin ishga tushdi
21:33 / 2021-06-13

Prezidentimizning Sirdaryoga tashrifi davomida bergan topshirig‘iga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 80 ta loyiha tasdiqlangan bo‘lib, ularning ijrosini viloyat prokuraturasi qat’iy nazorat qilib bormoqda.

Viloyat prokuraturasining bergan xabariga ko‘ra, har haftaning chorshanba va shanba kunlari loyihalar ijrosi viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, “Chorva nasl” markazi, “Sirdaryobaliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Sirdaryo asalarichilari” uyushmasi, investitsiya va tashqi savdo, “Markaziy bank” viloyat boshqarmalari, mas’ul banklar ishtirokida muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Natijada bugungi kunga qadar 46 ta loyihaga 60 milliard 600 million so‘m kredit ajratilib, muddatidan oldin bajarilishi ta’minlandi va 676 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, Mirzaobod tumanidagi “Vohidjon universal hamkor” MCHJ tomonidan limon yetishtiriladigan 5 milliard 900 million so‘mlik issiqxona joriy yilning oktyabr oyida barpo etilishi rejalashtirilgan edi. Sa’y-harakatlar samarasida ushbu loyiha joriy yilning may oyidayoq to‘liq ishga tushirildi. Natijada 30 nafar sayxunobodlik doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Xovos tumanidagi qiymati 3 milliard 800 million so‘mlik “Ruhiya fayz nur” MCHJ chorvachilik kompleksi loyihasi joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, mazkur loyiha ham may oyida ishga tushirildi va 20 xovoslik ishli bo‘ldi.

Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyevning viloyatga tashrifi davomida agrar sohada 268 ta loyiha tasdiqlangan edi. bugungi kunda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, bog‘ va uzumzor barpo etish, qoramolchilik, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik va quyonchilik yo‘nalishida jami 252 ta loyiha tashabbuskorlarning mablag‘i va banklarning 276 milliard 233 million so‘mlik kredit mablag‘lari hisobiga to‘liq moliyalashtirilib, muddatidan oldin bajarilishi ta’minlandi. Loyihalar doirasida 518 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Sirdaryo tumanidagi “Chorva parranda servis” fermer xo‘jaligi joriy yilning avgust oyida 3 milliard 500 million so‘mlik parrandachilik kompleksini barpo etishi rejalashtirilgan edi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu loyiha ham joriy yilning may oyida ishga tushirilib, 13 nafar sirdaryolik doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, viloyatning eng chekka hududi Sardoba tumanidagi “Agro tong invest Sardoba” MCHJ tomonidan 1 milliard 300 million so‘mlik baliqchilik kompleksini tashkil etish joriy yilning oktyabr oyiga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur loyiha ham may oyidayoq ishga tushirildi. Natijada 7 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Qolgan loyihalarning ijrosi ham Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan qat’iy nazorat qilinmoqda.

A.Qayumov, O‘zA