Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
09:51 / 2023-01-28

Firibgarlik so‘nggi vaqtlarda jamiyatimizda eng ko‘p uchrayotgan jinoyat turi sanalib, unda qonunbuzarlar aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga urinishadi.

Xususan, Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi 1989 y.t. ukasi bilan o‘zaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur 5 gektar yer maydoni 2020 yilda viloyat hokimligining bayonnomasi asosida daryo o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash va qum-shag‘al qazib olish maqsadida istisno tariqasida, auksion savdolariga qo‘yilgunga qadar foydalanish uchun Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimiga qarashli MCHJga biriktirilgan.  

Lekin, 2022 yilda viloyat hokimligining tegishli bayonnomasi bilan  ushbu biriktiruv bekor qilingan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

O‘zA