Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda 330 ga yaqin fuqaroda koronavirus qayd etilmadi va navbat uy karantiniga
12:46 / 2020-04-28

Ularning 7 nafarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati aniqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqazilgan.


Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tarqalib ketishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin sabab qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidan joriy yilning 28-martida yurtimizga qaytarib olib kelingan 377 nafar vatandoshimiz Sirdaryo tumanidagi bolalar oromgohida tibbiy nazoratga olingan edi.

Ularning 7 nafarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati aniqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqazilgan.

Qolgan 370 nafari esa bolalar oromgohidan Guliston davlat universiteti yotoqxonasida tashkil etilgan karantin punktiga qayta karantinga olinib, tibbiy laboratoriya kuzatuvlari natijasiga koʻra ularda koronavirus belgilari aniqlanmadi.

Talabalar yotoqxonasidagi karantin purktida tibbiy nazoratda boʻlgan fuqarolarning 57 nafari Fargʻona viloyatidan, 60 nafari Namangan, 34 nafari Qashqadaryo, 29 nafari Andijon, 25 nafardani Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan, 22 nafari Qoraqolpogʻiston Respublikasidan, 18 nafari Samarqand va Jizzax viloyatlaridan, 13 nafari Sirdaryo, 7 nafari Buxoro, 6 nafari Xorazim, 3 nafari Navoiy viloyatlaridan hamda 4 nafari Toshkent shahrida yashovchi bu fuqarolar maxsus avto hamda temir yoʻl transporti vositalarida oʻz uylariga kuzatib qoʻyildi. Endi ular belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq maʼlum muddat uy karantini holatida boʻladi.

Ushbu karatin chora-tadbirlari uchun safarbar etilgan 49 nafar oliy, oʻrta, kichik tibbiyot xodimlari oʻz vazifalarini sidqidildan bajarib, oʻz salomatliklarini garovga qoʻyib boʻlsada, nazoratdagi fuqarolar sogʻligʻini tunu kun oʻrganib bordi. 30 nafardan ortiq fuqarolarning karantin muddati yakunlanmagani sabab, shifokorlar ham hali postlarini tark etgani yoʻq.

Koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan fuqarolarni kuzatish jarayonida Sirdaryo viloyati hokimligi, sogʻliqni saqlash, ichki ishlar boshqarmalari, tegishli idora va tashkilot vakillari ishtirok etdi.