English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda 3 kunlik o‘quv kurslari boshlandi
18:48 / 2020-11-11

Prezidentimiz raisligida joriy yil 30 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni yurtimizdagi har bir mahalla, har bir oilaga kirib borishi muhimligi belgilandi. Ana shu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati ham ishchi guruhi tashkil etilib, uning tarkibiy a’zolari shakllantirildi.

Kuni kecha Guliston shahrida oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mas’ullari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, madaniyat va sport sohasi rahbarlari, shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida 3 kunlik o‘quv kurslari boshlandi.

Ushbu o‘quv kursi boshlanishi oldidan viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Nosirov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlarini mahallalarda tashkil etish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatiga to‘xtalib, targ‘ibot tadbirlarida aholining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan qatlamini to‘la qamrab olish muhimligini alohida qayd etdi.

– Aholining kayfiyatini ko‘tarish, ularda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, o‘zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda, har bir shahar-tumanning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda hududda amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi keng qatlamiga yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etish muhimligiga e’tibor qaratmog‘imiz lozim, – dedi O.Nosirov. 

– Uyushtirilayotgan tadbirlarda karantin qoidalarini inobatga olib, mahalla, tuman, viloyat miqyosidagi sport tadbirlarini puxta tayyorgarlik bilan tashkil etish, nuroniy, yoshlar va xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sport-chiniqtirish mashg‘ulotlariga keng jalb etish kerak.

Ushbu 3 kunlik o‘quv jarayonida ishchi guruhlari faoliyatida nimalarga ahamiyat berish lozimligi, aholini yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan to‘laqonli xabardor qilish, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka ta’sirchan usullarda yetkazish borasida muhim tavsiyalar berilmoqda.

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA