Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda 288 ta saylov uchastkasi tuzildi
08:35 / 2023-05-27

8-Sirdaryo Okrug saylov komissiyasi raisi S.Sattarov boshqargan yig‘ilishda joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va komissiya a’zolarining vazifalari muhokama etildi. Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahrida okrug komissiyalari rais, o‘rinbosar va kotiblari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminari mazmun-mohiyati xususida fikr almashildi.

Shuningdek, yig‘ilishda mahalliy hokimliklar va harbiy qismlar taqdimnomasiga asosan okrug hududida 288 ta saylov uchastkasi tuzildi.

Okrug hududidagi saylov uchastkalarini tuzishda saylovchilarga qulaylik yaratishga alohida etibor qaratildi. Uchastkalar ro‘yxati mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Yig‘ilishda okrug saylov komissiyasining ish rejasi tasdiqlanib, komissiya a’zolarining vazifalari taqsimlandi. Okrug komissiyasi huzurida matbuot markazini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Komissiya a’zolariga guvohnomalar topshirdi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sh.Suyarov, O‘zA