Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo xabarlari – qisqa satrlarda
17:22 / 2020-08-31

Shuningdek, tashrif chogʻida ularga 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, zarur dori-darmonlar va antiseptik vositalar tarqatildi.


Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida Sirdaryo viloyatida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida Mirzaobod tumanida yashovchi 45 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari, dori darmon va antiseptik vositalar tarqatildi.

Mirzaobod tuman prokurori, 2-sektor rahbari S.Norboʻtayev tashabbusi bilan turmush tarzi ogʻir, boquvchisini yoʻqotgan, oilasida nogironligi bor, yakka-yolgʻiz, oʻzgalar qaroviga muhtoj keksalardan 45 nafari holidan xabar olinib, mustaqillik bayrami bilan tabriklandi.

Shuningdek, tashrif chogʻida ularga 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, zarur dori-darmonlar va antiseptik vositalar tarqatildi.

* * * * *

Joriy yilning 31-avgusti soat 10:00 holatiga koʻra Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 761 nafarni tashkil etmoqda.

Bu haqda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha, joriy yilning 30-avgusti kech soat 23:00 ga yangi kasallanish holati Sirdaryo viloyatida 22 nafarni tashkil etgan. Tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kungacha viloyatda koronavirus infeksiyasi bilan 761 nafar bemor ogʻrigan boʻlib, ularning 711 nafari yoki 93 foizi tuzalib chiqdi, 2 nafar bemor vafot etdi, hozirda infeksiya yuqtirib olgan 48 nafar bemor malakali shifokorlar nazoratida davolanmoqda.

* * * * *

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida yashovchi 8 nafar mahkum xalqimizning eng ulugʻ, eng aziz bayram mamlakatimiz Mustaqilligining 29 yilligi tantanalarini oʻz uylarida, oilasi davrasida qarshi oladigan boʻldi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Sayxunobod tuman sudining ochiq sud majlisida raislik qiluvchi S.Razakov boshchiligida Sayxunobod tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtayotgan 8 nafar mahkum jazoni oʻtash mobaynida qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻymaganliklari, oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajarib, vijdonan mehnat qilganlari, namunali hulq-atvori bilan jamoat ishlarida faol qatnashib kelganliklari va ish joyidan ijobiy tavsifnoma berilgani, qonunga xilof harakatlari oqibatini tushunib yetganliklari, ular tuzalish yoʻliga oʻtganliklari va sodir etgan jinoyatidan pushaymonliklari inobatga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.