Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyatining 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashadi
12:33 / 2023-04-07

Guliston shahrida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentimiz ilgari surgan ikkinchi tashabbus doirasida viloyatning 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashadi, har birida innovatsion texnoparklar tashkil qilinadi. Ularda:  

– elektrotexnika, biofarmatsevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar amalga oshiriladi;  

– erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi va “bojxona hududida qayta ishlash” rejimining soddalashgan tizimi joriy qilinadi;    

– ishlab chiqarish binolari namunaviy loyihalar asosida qurilib, tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” orqali tayyor holda beriladi;  

– joriy yilda texnopark infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi.  

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Sirdaryoda O‘zbekiston –Xitoy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu jamg‘arma Xitoyning nufuzli Ipak yo‘li fondi va boshqa moliyaviy tashkilotlari bilan birga tashkil qilinadi. Jamg‘armaga 1 milliard dollar sarmoya olib kelinadi.  

O‘zA