Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyatida ilk bor koronavirusga chalingan 4 nafar bemor butkul sogʻaydi
15:53 / 2020-04-29

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzalib chiqayotgan hududlar safiga Sirdaryo viloyati ham qoʻshildi.


Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzalib chiqayotgan hududlar safiga Sirdaryo viloyati ham qoʻshildi.

Ushbu viloyatda ilk bor 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. Sogʻayganlar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ularning 3 nafari Qozogʻiston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan.

Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 1059 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.