Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyatida “Dolzarb 90 kun” loyihasiga rasman start berildi
10:46 / 2025-06-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lomlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha joriy yilning 1 iyunidan 30 avgustiga qadar davom etadi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida loyihaning amaliy bosqichiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Bekzod Ismatov, Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘ralova, shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston mahallalalari uyushmasining viloyat boshqarmasi hamda Sport boshqarmasining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Dolzarb 90 kun” loyihasining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmlari  muhokama qilindi. Ta’lim muassasalari, madaniyat va sport ob’ektlari, mahalla markazlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi. Jumladan, sport va madaniyat yo‘nalishlarida to‘garaklar, mahorat darslari, bellashuvlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish rejasi ishlab chiqildi.

Mazkur tashabbus yosh avlodning qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, vatanga sadoqat, fidoyilik va fuqarolik mas’uliyatini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Seminar yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi,  Sport, Madaniyat boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston mahallalalari uyushmasi tizimidagi muassasalar va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlariga loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri