Sirdaryo viloyatida baliqni qayta ishlash korxonasi tanlov o‘tkazdi
Rossiya Federatsiyasi Vladivostok shahridagi “Russkiy Mintay” baliqni qayta ishlash korxonasi vakili ishtirokida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida tanlov o‘tkazildi.
“Russkiy Mintay” baliqni qayta ishlash korxonasi ko‘p yillardan beri Rossiya va xorijiy mamlakatlar ehtiyoji uchun dunyo bozoriga baliq va konserva mahsulotlarini taqdim etmoqda.
Tanlovda 40 nafar xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi.
Tanlov natijasiga ko‘ra, 24 nafar xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqaro tanlab olindi. Ushbu fuqarolar 6 iyul kuni Farg‘ona – Vladivostok aviareysi orqali ishlash uchun jo‘nab ketadi.