Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyatida 19 milliard so‘mlik tender savdolari bekor qilindi
16:29 / 2023-04-14

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni 75-moddasida va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirmoqda.

Shunga ko‘ra, qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari sohasida jumladan, etender.uzex.uz maxsus axborot portali orqali eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov savdolarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari bo‘yicha doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.  

O‘tgan davr mobaynida qo‘mita tomonidan davlat buyurtmachilarining 2022 yilda 37 milliard so‘mlik 142 ta eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov savdolari nazorat tartibida o‘rganildi.  

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 19 milliard so‘mlik 86 ta holatda qonunbuzilish holatlari (5 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlari mavjudligi, 48 ta holatda savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, 33 ta holatda savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish) aniqlandi.  

Jumladan, Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyi tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolarining 1 tasida ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlari mavjudligi aniqlangan bo‘lib, qonunbuzilish holatlari yuzasidan tuzilgan 317 million so‘mlik shartnoma xaqiqiy emas deb topilib, bekor qilindi. Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’sul xodimlarga nisbatan sud tomonidan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.  

Shirin shahar va Boyovut tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan umumiy qiymati 365 million so‘mlik 9 ta savdoda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilish holatlari aniqlanib, mas’ul xodimlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llash uchun hujjatlar sudga yuborildi.  

Sirdaryo viloyatidagi 70-sonli maktab internati tomonidan umumiy qiymati 610 million so‘mlik “Autsorsing” xizmati uchun o‘tkazilgan tanlash savdolarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilish holatlari aniqlanib, tuzilgan shartnomani bekor qilish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.  

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda davlat xaridlari nazorati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan 17 milliard so‘mlik 63 ta qonunbuzulish holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga huquqiy baho berish uchun taqdim etilgan.  

O‘zA