Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xokimi Ikkinchi jahon urushi fahriylarini yo‘qladi
15:29 / 2023-05-08

Sirdaryo viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining 3 nafari hayot bo‘lib, ular farzandlari, nevara-chevaralarining ardog‘ida saodatli umr kechirmoqda. Bir asrlik tarixning jonli guvohi bo‘lgan bu tabarruk nuroniylar davlatimizning ham doimiy e’tiborida. Ularga urushning og‘ir sinovli yillarida hamda undan keyingi davrda bugungi avlodning farovon yashashi uchun ko‘rsatgan jasorat va matonatlari uchun alohida hurmat va e’tibor ko‘rsatilyapti.

9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Sirdaryo viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Akmaljon Mahmudaliyev, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi Ivan Shvedenko, boyovutlik O‘skan bobo Hojimanov hamda gulistonlik Bektursun bobo Pirmatovlarning xonadonlariga yo‘qlab bordi. Viloyat hokimi faxriylarga Prezidentimiz tabrigini o‘qib eshittirib, 18 million so‘m pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.

Viloyat rahbari urush qatnashchilarini qonli janglarda ko‘rsatgan jasoratini, farovon hayot uchun qilgan og‘ir va sharafli mehnatlarini, el-yurtiga bo‘lgan sadoqatini e’tirof etar ekan, ularni bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi o‘sib kelayotgan yosh avlodga ibrat namunasi ekanini alohida ta’kidladi.

[gallery-11774]

– Chindan ham bugungi dorilomon kunlarimiz uchun jonini ayamagan, mehnati bilan farovon hayotimizga ulkan hissa qo‘shgan faxriylarimiz uchun har qancha e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatsak arziydi, – dedi Akmaljon Mahmudaliyev.  

Sh. Suyarov,

Sh. Ortiqboyev, O‘zA