Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:50 / 2024-09-24

Guliston shahridagi “Golden pure feed” korxonasida esa “Baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik uchun uglevodlarga, hazmlanuvchi moddalarga boy ozuqa xomashyosining gidrobarometrik ishlovdan so‘ng hajmi va to‘yimlilik jihatlari oshirilgan, ekstrudiyalangan ozuqa yem tayyorlashni yo‘lga qo‘yish” bo‘yicha tijoratlashtirish loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha natijasida ozuqa yaxshiroq hazm bo‘lishi ta’minlanib, hayvonlarning o‘sishi va mahsuldorligini oshirishga erishildi. Natijada hududdagi chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarida mahsulot sifati va hajmi sezilarli darajada ko‘tarildi.

***

Milliy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish hamda ularni ot sportiga keng jalb etish mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, “Yaksart tulpori” fermer xo‘jaligi tomonidan “Qorabayir ot zotining naslini yaxshilash, oziqlantirish, ko‘paytirish va ot sporti o‘yinlariga tayyorlash texnologiyasi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.  

Hozir Qorabayir ot zotining genetik salohiyatini yaxshilash, ularni to‘g‘ri oziqlantirish va ko‘paytirish texnologiyalari muvaffaqiyatli joriy qilingan.  

Natijada otlarning sport ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshdi va mintaqada ot sporti o‘yinlariga yuqori sifatli tayyorgarlik ko‘rildi.  

***

Boyovut tumanining Sarmich va Julangar mahallalari aholisi uchun migratsiyadan qaytgan va kasallikni yuqtirib olgan kishilardan havo tomchi yo‘llari orqali o‘tadigan tuberkulyoz kasalligi, uning oldini olishga qaratilgan tibbiy-profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyat davolash-profilaktika muassasalari va tuman tibbiyot birlashmasi tor doiradagi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fond Sirdaryo bo‘limining xodimlari ham ishtirok etib, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda "Tuberkulyozdan xoli O‘zbekiston" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan tibbiy-profilaktik ko‘riklar, uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida so‘z yuritdi.

8-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tekshiruvlarda tuberkulyoz kasalligiga shubha qilingan 20 nafar fuqaroga qayta tekshiruvdan o‘tish uchun yo‘llanma, qolganlarga maslahat va tavsiyalar berildi.  

Ko‘rikdan o‘tuvchilarga "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyat bo‘limi tomonidan vitaminlar kompleksi, dori-darmon, ko‘zoynaklar taqdim etildi.

***

Boyovutda sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha o‘rta va kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida viloyat kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in, murosasiz va teng kurashlarga boy tarzda o‘tgan chim ustida xokkey musobaqasida 3-o‘rinni Xovos tumani, 2-o‘rinni Boyovut tumani jamoalari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, birinchi o‘ringa Sayxunobod tumani jamoasi munosib ko‘rildi. Ushbu jamoaga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.

Musobaqa so‘ngida ishtirokchilarga tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri