Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:44 / 2024-09-18

“Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yilgi birinchi mavsumida Oqoltin tumanidagi Bo‘ston mahallasi ahli yakdillikda ichki yo‘llarni asfaltlash taklifini kiritgan va yakunda yetarli miqdorda ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan edi.

Tashabbus amaliy harakatga aylanib, Oqoltin tumanidagi Bog‘i Eram, Jayxun va Ezgulik ko‘chalarining umumiy uzunlikdagi 2730 metr ichki yo‘llari asfaltlanib, tekis va ravon bo‘ldi.

[gallery-19336]

–“Tashabbusli byudjet” samarasida yo‘llarimiz ravon bo‘lib, mahallamiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shildi.Tabiiyki, bunday qulayliklardan aholimiz juda xursand. Amalga oshirilgan bunday loyihalar jamiyatni birlashtirish va fuqarolarimizni o‘z mahallasi rivojiga jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi, – deydi mahalla raisi Otabek Esonboyev.  

***

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Guliston shahar bo‘limi tomonidan shaharning "Yangi hayot" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Nazorat tadbiri davomida N. ismli fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 400 kv. metr yer maydoni egallab olinib, 50 kv.metrga molxona qurib olish holati aniqlandi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etilishi ta’minlanmoqda.

***

Sardoba tumani hokimligi va tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan 21 nafar koreyalik mutaxassis tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari bilan tajriba almashib, aholining sog‘liq bilan bog‘liq muammolarini chuqurlashtirgan holda o‘rganishdi.

Nevropatolog, kardiolog, ginekolog, stomatolog, ftiziatr, pediatr kabi tor soha mutaxassislari EKG, UTT, boshqa diagnostik uskunalardan foydalangan holda 710 nafar aholining muammosini o‘rganib, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berdi.

–Koreyalik kasbdoshlar bilan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikning nafaqat aholiga, tibbiyot xodimlari uchun ham afzal jihati ko‘p,– deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Xolmatov.–Tashxislash va davolash yo‘nalishlarida tajriba almashildi.

***

Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha "Rahbar kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo tumani sport maktabi Sirdaryo viloyati Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabini 5:2 hisobda mag‘lub etib, "Rahbar kubogi"ga egalik qildi. 2-o‘rin Sirdaryo viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga, 3-o‘rin esa sportning Yakka kurash turlariga ixtisoslashgan sport maktabining Boyovut tumanidagi sport maktabi jamoasiga nasib etdi.

Rahbar erkaklar o‘rtasida o‘tgan musobaqada Sirdaryo tumanidan tashrif buyurgan sport maktabi, ayollar o‘rtasida o‘tgan sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqada esa g‘oliblikni Sardoba tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri