French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
20:48 / 2023-11-24

Rossiyaning Gersen pedagogika universiteti va viloyat hokimligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga asosan, Sirdaryo viloyati pedagogika markazida hamkorlikda maktab direktorlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, memorandum mazmuniga ko‘ra, viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, konferensiya va tadbirlarni birgalikda tashkil etish nazarda tutilmoqda.

 * * *  

Viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida bir guruh sirdaryolik tadbirkorlardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Tiandzin shahrida bo‘lib qaytdi. Safar davomida Tiandzin ilm fan va texnologiyalar universiteti texnoparki, unda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishilib, xitoylik tadbirkorlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyihalari va dasturlarini tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi. Yakuniy kelishuvlarga ko‘ra, Guliston shahrida biologik qo‘shimchalar, Yangiyer shahrida ozuqa mahsulotlari, go‘daklar uchun maxsus qorishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 27 million AQSH dollarlik loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.  

 * * *  

Guliston shahridagi “Yangi hayot” MFYda qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Mahallada joylashgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholini xavfsiz hududga ko‘chirish va turli darajadagi vayronalar ostidan jabrlangan aholini qidirish, qutqarish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini olib borish bo‘yicha favqulodda xizmatlar, mahalla fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda mahalla hududida “Yig‘uv evakuatsiya punkti” tashkil etilib, fuqarolarni evakuatsiya qilish tadbirlari amaliy tarzda ko‘rsatildi.  

 * * *  

Viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘lining Mirzaobod tumani “Do‘ngariq” MFY hududidan o‘tgan qismida jami 4 000 dona terak, qayrag‘och, yasna kabi manzarali ko‘chat ekildi. Ushbu tadbirda mahalla faollari hamda “Sirdaryoko‘klam” UK xodimlari ham faol ishtirok etishdi.  

 * * *  

Oqoltin tumanida ham “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi tadbirlar davomida 737 ming tup mevali va manzarali ko‘chat ekish mo‘ljallangan. Ayni kunlarda tumanning barcha mahallalarida ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. – Mazkur xayrli tadbirda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari, klasterlar, fermer xo‘jaliklari ham faol ishtirok etmoqda, – deydi “Agroinspeksiya”ning tuman bo‘limi boshlig‘i Begzod Mirzaqulov. – Kechaning o‘zida 80 ming tupga yaqin terak ko‘chati dala chetlari va yo‘l bo‘ylariga ekildi. Ushbu ekilgan ko‘chatlar ekologik vaziyatni yaxshilash bilan birgalikda, kelgusida ihota daraxtzorlari shamol tezligini pasaytiradi, tuproqni eroziyalanishdan saqlashga xizmat qiladi.  

Sh.Suyarov,  

O‘zA muxbiri