Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:47 / 2023-08-23

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasiga gulistonlik 50 nafar yoshlar biriktirilgan. Boshqarma tomonidan ishsiz yoshlarning muammolari ijobiy hal etilmoqda.

O‘tkazilayotgan sayyor uchrashuvlarda Guliston tumani “Oltin vodiy” MFYda istiqomat qiluvchi Takaboyeva Shohsanam 2-guruh nogironi ekanligi, tikish qobiliyatiga egaligi va tikuv mashinasi bo‘lsa o‘zini-o‘zi band qilishini ma’lum qilgan. Unga o‘z tadbirkorligini boshlashi uchun 10 million so‘mlik ikkita tikuv dastgohlari berildi.  

* * *  

Ayrim jismoniy va yuridik shaxslar o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini qasddan to‘lamasdan kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida soliqlarni majburiy tartibda undirishga olib kelmoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Oqoltin tumani bo‘limi tomonidan ish yurituvdagi soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini jadallashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida ish yurituvda bo‘lgan soliq undiruvlariga oid 1.461 46.2 milliard so‘mlik ijro hujjatlari tamomlanib, shundan 32.8 milliard so‘mlik soliq qarzdorliklari amalda undirildi.  

* * *  

Xovos tumani hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev kapital ta’mirlanayotgan 12-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchta katta korpus, oshxona, sport zali, 144 o‘rinli faollar zali, sinf xonalarni o‘z ichiga olgan maktab ta’miri uchun 7 milliard 448 million so‘m miqdorida pul ajratilgan.  

* * *  

Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida Sayxunobod tumanida  bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Tumandagi “Paymard” mahallasida “Ayollar daftari”ning 3 toifasiga kiritilgan Dalvarzin ko‘chasida yashovchi Zarifa Jalolova xonadoni tuman hokimi tashabbusi bilan homiylar ko‘magida hashar yo‘li bilan qayta qurilib, to‘liq jihozlandi.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA