Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:00 / 2023-08-12

Mustaqillikning 32 yilligi bayrami arafasida Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ko‘p funksiyali lor kombayni keltirildi.

 

—Umumiy qiymati 138 million so‘m bo‘lgan mazkur apparatning afzal jihatlari nihoyatda ko‘p,—deydi otolaringolog Olimjon To‘rayev.—Tomoq, burun va quloq xastaliklari bo‘yicha murojaat qilgan bemor bitta o‘rindiqda ham tekshiruvdan o‘tadi, ham muolaja oladi. Hozircha, Sirdaryoda yagona bo‘lgan mazkur zamonaviy apparatda tomoq, burun, quloq yo‘llariga antiseptik dorilar yuborish va yuvish ishlari bajariladi. Va shu bilan birga yuqori mikroskopik hamda endoskopik funksiyaga ega bo‘lganligi bois, mutaxassis bemorga bir vaqtning o‘zida aniq tashxis qo‘yib, davolash ishlarini olib boradi.

*****

Sardoba tumanida g‘alla o‘g‘rilari qo‘lga olindi. "G‘alla – 2023" yig‘im-terimiga jalb qilingan “Aziya pena stroy” MJCHga qarashli “Howo” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi A.J, “Indorama AGRO” MCHJning qo‘riqlash xizmati ishchisi M.A bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib korxonaga tegishli bo‘lgan jami qiymati 17 358 000 so‘mlik 5.260 kilo g‘alla mahsulotini yashirin tarzda o‘g‘irlayotgan vaqtida MCHJning mas’ul ishchilari tomonidan aniqlangan. Jami 5.260 kilo g‘alla mahsuloti ashyoviy dalil tariqasida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

*****

MIB 84 nafar xodimning ish haqlarini undirib berdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 18.01.2023 yildagi ijro varaqalariga asosan qarzdor “G.P” va “S.T” MCHJlar hisobidan 84 nafar undiruvchilarning foydasiga jami 516 000 000 so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha Byuroning Guliston tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan. Ijro hujjati yuzasidan, qarzdorlarning bankdagi barcha hisob raqamlariga hamda mavjud mol-mulklariga band solingan.  

Shuningdek, ijro harakatlari davomida “G.P” va “S.T” MCHJlarning avtotransport vositalari va texnikalari tegishli tartibda xatlangan. Yuqorida xatlangan, avtotransport vositalari tegishli tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 84 nafar undiruvchilarning foydasiga jami 516 000 000 so‘m ish haqlari undirib berilgan

Sh. Suyarov,

O‘zA