Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:35 / 2023-07-12

Guliston tumanidagi 1-umumta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi Soliha Sobirjonova ingliz tilidan “Hippo – 2023” Xalqaro olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Solihaning muvaffaqiyati ortida uning ustozi, ingliz tili o‘qituvchisi Shohista Ergashevaning munosib hissasi bor.  

***  

Viloyat Bojxona boshqarmasiga Guliston tumanida yashovchi 50 nafar yoshlar biriktirilgan. Ulardan 25 tasi nogiron, 6 tasi surunkali kasalligi bor yoshlardir. Boshqarma rahbariyati tomonidan yoshlar holidan xabar olinib, ularning imtiyozli davolanishi bo‘yicha mavjud muammolar o‘rganildi.  

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan birgalikda “Sohil” mahallasida yashovchi nogironligi va surunkali kasalligi bo‘lgan 5 nafar yoshlarga imtiyozli davolanishlari uchun tibbiy yo‘llanma olib berilishi hamda tuman yoki viloyat markazida davolanish vaqti belgilab olindi.  

Ushbu yo‘nalishda bojxona boshqarmasi va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.  

***

Abituriyentlar uchun sharoitlar yaratildi. Viloyatda 2023-2024 o‘quv yili qabuli uchun test sinovlari o‘tkaziladigan “Alpomish” sport majmuasining yengil atletika maneji va yopiq tennis korti binolariga abituriyentlar va guruh nazoratchilari uchun stol-stullar to‘liq joylashtirildi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining xavfsiz shahar boshqarmasi tomonidan mazkur binolarga kuzatuv kameralari ham o‘rnatildi. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda bir smenada 1620 nafar, bir kunda esa 3240 nafar abituriyent test sinovlarini topshiradi.  

Sh.Suyarov, O‘zA