Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:39 / 2023-06-22

Sirdaryo viloyatidagi saylov uchastkalaridagi kuzatuvchi – mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda mahalla faollarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Guliston shahrida joylashgan musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan o‘quv seminarida Guliston shahar hamda Guliston va Mirzaobod tumanlari vakillari uchun “Demokratiya va inson huquqlari” instituti direktori, yuridik fanlari nomzodi Sayyora Hodjayeva “O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning xalqaro me’yorlarga mosligi” mavzusida ma’ruza qildi.  

Ekspert Nigora Yoqubova ishtirokchilarga fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, ularning vakolatlari, funksiyalari, vazifalari to‘g‘risida tushuncha berdi.  

* * *  

O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining saylov jarayonlarida jamoatchilik monitoringini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi O‘zNJ raisi birinchi o‘rinbosari B.Omonturdiyev va huquqshunosi G‘.Egamberdiyev Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.  

O‘zNJ Sirdaryo viloyati bo‘lim va bo‘linmalari raislari bilan davra suhbati chog‘ida saylov jarayonlarida jamoatchilik nazoratini olib borish yuzasidan tushunchalar berildi.  

Shuningdek, Guliston shahrida joylashgan 36 xonadonda tashkil topgan “Nogironlar uyi”ga borib, u joyda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan uchrashib, saylov jarayonlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.  

 Sh.Suyarov, O‘zA