Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:45 / 2023-05-30

Sirdaryo tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun 12 xonadonli yangi ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa, Yurtboshimizning harbiylar va ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Harbiy  xizmatchilarga xonadon kalitlarini topshirdi. Shuningdek, 5 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.  

Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar yangi xonadonlardagi sharoitlar bilan ham tanishdi. Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan bu uylarda harbiy xizmatchilarning farovon turmush kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.  

*****

“Yoshlar” va “Xotin-qizlar” oyligi doirasida Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, boshqarma tizimidagi tuman, shahar tibbiyot muassasalari tomonidan joriy yilda xotin-qizlar, nuroniylar, surunkali kasalliklar bilan nazoratda turuvchi fuqarolarni maqsadli va manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tarmoq rejasi ishlab chiqildi. Unga asosan, 1 maydan – 26 mayga qadar viloyatda istiqomat qilayotgan, sog‘lig‘ida muammosi bor bo‘lgan yoshlar, kattalar, xotin-qizlar, nuroniylar, surunkali kasalligi bo‘lgan 30 ming 972 nafar aholi maqsadli va manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan  fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, 6 ming 314 nafar fuqaroga davlat byudjeti mablag‘i hisobidan kasalligi bo‘yicha dori vositalari hamda vitaminlar tarqatildi. Eng asosiysi, bu kabi tadbirlar viloyatda yil davomida amalga oshiriladi.  

 

Shuhrat SUYAROV,  

O‘zA