Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:10 / 2022-05-24

Vakillarimiz umumjamoa hisobida birinchi

Buxoro shahrida qo‘l janggi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida 20 ga yaqin davlatning 300 nafar yetakchi sportchisi g‘oliblik uchun kurashdi. Ular orasida 2 nafar sirdaryolik sportchi – Mahmudjon Dovurov va Sabrina Radjabova O‘zbekiston terma jamoasi safida yurtimiz sharafini himoya qildi.

Murosasiz kechgan bahslarda o‘z vaznlarida mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, ular faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni O‘zbekiston terma jamoasi band qildi. Rossiyalik sportchilar ikkinchi, Qozog‘iston qo‘l jangi ustalari uchinchi o‘rinni egalladi.

***

G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiyada

Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko‘zda tutgan amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi.

Viloyat delegatsiyasi Barnaul shahri va Oltoy o‘lkasida bo‘lib, rasmiy uchrashuvlar, ishbilarmon doiralari bilan muloqotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Amaliy tashrif Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan uchrashuvdan boshlandi. Viloyat vakillariga O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamrohlik qildi.

Novosibirsk viloyati rasmiy doiralari vakillari bilan muloqotda so‘nggi yillarda mamlakatimizda bo‘layotgan katta islohotlar, Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti borasida ma’lumot berildi.

Sirdaryo va Novosibirsk o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda imkoniyatlari muhokama qilindi.

***

YTH insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani hududidan o‘tgan A-376 avtomobil yo‘lining 234-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTH natijasida, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi Sh.A. va ushbu avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.A. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, shuningdek, mazkur avtomobil salonida bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchi: 2016 yilda tug‘ilgan N.A. va 2019 yilda tug‘ilgan T.A. hamda "Nexia" avtomobili haydovchisi N.U. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan. "Nexia" avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

***

"Rus tili bilimdoni" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Toshkentda

Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan umumta’lim maktablarining 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Rus tili bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan a’lochi, bilimdon o‘g‘il-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi. “Okean to‘lqinlar jilosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati sayohatga homiylik qildi.

O‘quvchilar O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyi, 1891 yilda me’morlar A.L.Benua va V.S.Geynselsman loyihasi bo‘yicha qurilgan knyaz Romanov qarorgohi, rus shoiri Sergey Yeseninning muzeyi, zamonaviy istirohat bog‘larida bo‘ldi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA