Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:49 / 2022-04-27

Sirdaryo viloyatida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

 Qayt etilishicha, 2022 yilning birinchi choragida viloyatda jami undiruv 241 milliard so‘mni tashkil etib, shundan davlat foydasiga 104 milliard so‘m undirilishi ta’minlangan. 

Soliq qarzdorligi bo‘yicha byudjetga 93 milliard so‘m, jinoiy va ma’muriy jarimalar bo‘yicha 4 milliard so‘m, davlatga yetkazilgan zarar bo‘yicha 613 million so‘m va 4,2 milliard so‘m davlat boji undirilgan. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” dagi fuqarolarni qo‘llab - quvvatlashga 4,5 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 

****** 
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev muborak Ramazon oyida viloyat hududlaridagi jome masjidlarida bo‘lib, diniy soha xodimlari va imom-xatiblar bilan suhbatlashdi. 

Muborak oyda amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ishlarda katta ramziy ma’no bor. Chunki Ramazon oylar ichida eng ulug‘i va sayyididir. Shu bois bu kunlarda qilingan har qanday ezgu amallar hayrlidir. 

****** 
Guliston tumanida yana bitta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. "Sharq haqiqati" mahallasida joylashgan 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Obod qishloq" dasturi doirasida 1 milliard 872 million so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1971 yilda qurilgan bo‘lib, 90 o‘ringa mo‘ljallangan edi. 

Dastur asosida qo‘shimcha bino qurilib, 120 o‘ringa mo‘ljallangan MTTda bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. 

****** 
Xovosda ilk marotaba yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazgan «Ochiq muloqot»da belgilab bergan ustuvor vazifalar ijrosidan kelib chiqib, Xovos tumanida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 

Qayd etish lozimki, ushbu jarrohlik amaliyoti tumanda ilk marotaba o‘tkazildi. Amaliyot viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining malakali jarrohlari hamda Xovos tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlari hamrohligida amalga oshirildi. 

****** 
O’zLiDeP Sayxunobod tuman kengashi faollari harbiy qismdagi tadbirda ishtirok etdi. OzLiDeP Sayxunobod tuman kengashi rahbari A.Ernazarov bir guruh tuman yoshlari bilan Sirdaryo tumanidagi 21143-harbiy qismda askarlarning Vatanga qasamyod tadbirida qatnashdi. 

Tadbirda tuman kengashi rahbari A.Ernazarov so‘zga chiqdi va askarlarni qasamyod kuni bilan tabrikladi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining mamlakatimizning siyosiy hayotiga va taraqqiyotiga munosib hissasini qo‘shib kelayotganligini harbiy qism komandiri podpolkovnik M.Quvondiqov alohida ta’kidlab, hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. 

****** 
Sirdaryoda xotin-qizlar faollari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi. Guliston shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi. 

Unda Respublika Oila va xotin-qizlarni davlat qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Dilshoda Mirzajonova, maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirgan tajribali moderatorlar tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari oldida turgan dolzarb vazifalar, yangi tuzilmaning maqsad va mohiyati haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Maxsus o‘quv kurslari viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazildi.

****** 
Muqaddas Ramazon oyi yakunlanib, xayit ayyomi ham yaqinlashmoqda. Shu munosabat bilan viloyat hududida joylashgan barcha qabristonlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Viloyat kengashi deputatlari tashabbusi bilan Boyovut tumanidagi  “Dehqonota” qabristoni tartibga keltirildi, ariqlar va yo‘laklar tozalandi, gullar ekilib, dov-daraxtlarni butash va oqlash ishlari amalga oshirildi.

Shuxrat Suyarov,O‘zA