Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:16 / 2022-01-13

Adliya vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida tadbir tashkil etildi.

Unda sohada amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholiga samarali va sifatli xizmat ko‘rsatishda adliya organlarining tutgan o‘rni haqida so‘z bordi. Shundan so‘ng, ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnatlari uchun adliya, davlat xizmatlari boshqarmalarida, FHDYO, notariat, advokatura organlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar va faxriylarga “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil" esdalik nishoni topshirildi.

* * *

Guliston shahrida PPX guruhi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari jarayonida ko‘cha va jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar karantin qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha tushuntirilib, fuqarolarga tibbiy niqoblar tarqatilmoqda. 

Bu O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan o‘tkazilmoqda.

* * *

Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 10 noyabrda qabul qilingan "Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini dasturlash tillari (C++) bo‘yicha malaka ko‘nikmalarini shakllantirishni samarali tashkil etish to‘g‘risida" gi buyrug‘i ijrosi ta’minlanmoqda. Oqoltin tuman xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi umumta’lim maktablaridan tanlab olingan 15 nafar informatika va IT fani o‘qituvchilari C++ dasturlash tili bo‘yicha 144 soatlik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi. O‘qituvchilarga xalq ta’limi vazirligi tomonidan S++ dasturlash tillari bo‘yicha tayyorlangan metodik qo‘llanmalar va kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar uchun sertifikatlar topshirildi.

* * *

Sirdaryo viloyati hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari boyovutlik yoshlar bilan uchrashdi. Unda rahbarlar tomonidan yoshlarning ta’lim olishi, tadbirkorlikni boshlashi, kasb-hunar o‘rganishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida tushuntirishlar berildi.

Yoshlar yer maydoni ajratish, ishga joylashish, kredit, to‘lov-kontrakt, kasb-hunar o‘rganish, maqsadli subsidiya, moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaat qildi.

* * *

Guliston shahar FVB va daxldor tashkilotlar hamkorligida tunu-kun profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanishning oldini olish, fuqarolarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, sovuq mavsumni talofotsiz o‘tkazish maqsadida hududlarda tunu-kun profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Bunda xonadonlarda foydalanilayotgan suyultirilgan (propan) gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlash maqsadida, gaz ballonlar va gaz isitish moslamalari mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

* * *

Viloyat prokurori o‘rinbosari Abduqahhor Mullajanov Guliston tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi. Xususan, "Boyovut" mahallasi, "Xalqaqo‘l" ko‘chasida yashovchi X.Q. murojaat qilib, safarbarlik chaqiruvi xizmatiga borishga sharoiti yo‘qligi, shu sababli shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda yordam berish yuzasidan murojaat qildi. Uning murojaati ijobiy hal etildi. Viloyat prokuraturasi tomonidan joylarda sayyor qabullar davom etmoqda.

Sh.Suyarov,F.Toshmatov (surat), O‘zA