English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:57 / 2021-12-02

Mol-mulklar elektron onlayn auksion savdoga chiqarildi.

Qarzdorlik evaziga xatlangan 190 milliard so‘mdan ortiq mol-mulklar elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Xususan, davlat ijrochilari tomonidan 19 ta 4,1 milliard so‘mlik ko‘chmas mulk, 26 ta 4,1 milliard so‘mlik avtotransport vositasi, 17 ta 0,3 milliard so‘mlik maxsus texnika va boshqa turdagi jami 62 ta 8,5 milliard so‘mlik mol-mulklar elektron onlayn auksion savdolari orqali sotildi.

Byuro organlari ish yurituvida qoldiqda bo‘lgan ijro hujjatlari soni hamda qarzdorliklarni qisqartirish, undiruv samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan xatlangan 50 ta 11 milliard so‘mlik avtotransport vositasi, 93 ta 175,3 milliard so‘mlik ko‘chmas mulk va 29 ta 3,8 milliard so‘mlik maxsus texnika hamda boshqa turdagi jami 172 ta 190,1 milliard so‘mlik mol-mulklar elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, hozirda auksion savdolari davom etmoqda.

Mol-mulklarning sotuvidan tushadigan pul mablag‘lari qonunda belgilangan tartibda qarzdorliklarni qoplashga 

yo‘naltiriladi.

 

*****
 

"Mehribonlik uyi" bitiruvchilari uy-joyli bo‘ldi. Xovosda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan besh nafar yigit-qizga tuman markazidagi Bunyodkor mahallasidan 2 xonali uy-joy berildi. Mazkur uylarning barchasi 9 turdagi zaruriy uy jihozlari, jumladan, gilam, stol-stul, muzlatkich, televizor, gaz plita, yotoq mebellari va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. Sayyor qabulda 12 fuqaro tayinlangan jazodan muddatidan oldin ozod etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. 17 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Fuqarolarning 10 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 5 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 1 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha, 1 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha murojaat qildi. 

Shundan 6 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov Hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi. Sayyor qabul o‘tkazilgan kun joylarda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 12 nafar fuqaro tayinlangan jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.

 

*****
 

IIB xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. IIB xodimlarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Tashkil etilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar har bir xodimni Vatani, xalqi va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlaydi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA