Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:54 / 2021-02-01

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tumani sudi binosida o‘tkazilgan sudda Oqoltin tuman IIO Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarning ishlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Oqoltin tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi 2 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

O‘tkazilgan sud jarayonida nazorat ostidagi shaxslarni Oqoltin tumani prokuror yordamchisi M.Bo‘ronov tomonidan jazo muddatidan ilgari shartli ozod etilgan nazorat ostidagi shaxslarni kelgusida qayta jinoyat sodir etsa, O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasiga asosan javobgarlik masalasi tushuntirib o‘tildi.

***

Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining samarali tizimini tashkil etish, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va ulardan foydalanish, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi 2020 yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

***

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va “mahallabay” ishlash tizimini davom ettirish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari B.Parpiyev, Sirdaryo viloyati hokimligi, Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari va tumandagi sektor rahbarlari birlagikda Sirdaryo tumanining eng olis va og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.  

Bu yerda yashovchi kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berilib, uy-joylari tartibga keltirildi, zaruratga qarab kerakli dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi hamda aholi xonadonlarida mavjud bo‘lgan, hal qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni keltirib chiqarish, is gazidan zararlanish xavfini paydo qiluvchi kamchilik va qoida buzilish holatlari bartaraf etildi.

***

“Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati filiali va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlari hamkorlikda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida yurak-qon tomiri bosimi, bronxial astma va nafas yo‘llari, oshqozon-ichak trakti, endokrin tizim, yuqori nafas yo‘llari sohalarida kechayotgan patologik o‘zgarishlar o‘rganilib, surunkali kasalligi borlarga davolanishi uchun zarur tavsiyalar berildi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat filiali tomonidan bepul dori-darmonlar ulashildi.

– “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da viloyat sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari bilan hamkorlikda yana qator loyihalarni o‘tkazishni rejalashtirganmiz, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati filiali rahbari, oliy toifali shifokor Yulduz Usmonova. – Bu tadbirlarimiz davomida vohamizning eng chekka qishloq hududlariga borib, patronaj birgadamiz aholini bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tkazadi va salomatlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish barobarida ularga amaliy yordam beribgina qolmay, fondimiz hisobidan bepul vitamin komplekslari, zarur dori-darmonlarni tarqatamiz, fuqarolarimiz salomatligini mustahkamlash uchun imkoniyatimiz darajasidagi barcha yordamlarni ko‘rsatamiz. Bu esa bizning bosh maqsadimizdir.

***

Sirdaryo violoyatidagi barcha tuman va shaharlar sektorlari rahbarlari tomonidan o‘z hududlaridagi umumta’lim maktablarida musiqa to‘garaklari to‘la qonli faoliyat yuritishi uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Jumladan, Sirdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari I.Hasanov hamda tuman moliya bo‘limi mudiri Sh.Hakimovlar tumandagi 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrifi davomida maktab faoliyati, sinf xonalarning jihozlanganligi hamda dars o‘tish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.  

Shuningdek, maktab direktori K.Ergasheva bilan tumandagi umumta’lim maktablarida yoshlarga maqom san’atini o‘rgatish uchun barcha zaruriy cholg‘u jihozlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

***

Xovosda tabiiy ofat tufayli yetkazilgan talofatni bartaraf etish ishlari nihoyalanmoqda.

Xovos tumani Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2 qavatli uyning tom qismi joriy yilning 30 yanvar kuni taxminan soat 13:30larda kuchli shamol ta’siri oqibatida ushbu turar joyning tom qismiga jiddiy zarar yetgandi.  

Ayni paytda ushbu binoning tom qismi qayta ta’mirlanmoqda. Unga Sirdaryo viloyati “Ta’mirlash-tiklash” davlat unitar korxonasi, “Boshqaruv servis” kompaniyasi quruvchilari hamda mahalliy ustalar jalb qilingan.  

***

Guliston shahridagi “Dinamo” sport majmuasida Sirdaryo viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha jamoaviy va yakka tartibdagi musobaqalar bo‘lib o‘tdi.  

Musobaqada Milliy gvardiya qo‘mondonligi viloyat boshqarmasi, viloyat davlat xavfsizlik xizmati, chegara qo‘shinlari, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va bojxona boshqarmalari hamda harbiy qismlardan jami 24 nafar harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.  

Murosasiz kechgan sport musobaqasining jamoaviy bahslarida 1-o‘rinni viloyat bojxona boshqarmasi tizimi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 va 3- o‘rinlarni mos ravishda viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hamda Milliy gvardiya qo‘mondonligi viloyat boshqarmasidan shakllantirilgan harbiy-shaxmatchilar jamoalari egalladi.  

Yakka tartibdagi bahslarda “Sirdaryo” chegara bojxona posti Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizligi guruhi katta tezkor vakili Umid Shodmonqulovga teng keladigan raqib topilmadi.  

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom, medallar hamda sport formalari bilan taqdirlandi.

 

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA