Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:29 / 2021-01-22

Yangiyerda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 8 yanvardagi “Xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan, psixologik va huquqiy maslahatlarga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish ishlarini ta’minlash maqsadida – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, adliya, sud, ichki ishlar bo‘limlari, KTP, bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari ishtirokida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati sudyalari, Adliya vazirligi qoshidagi “Madad” NTT, KTP, shahar hokimligi hamda shahar bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari tomonidan ayollar murojaatlari qabul qilinib, ularning 75 foizi joyida hal qilingan bo‘lsa, murojaat qilgan xotin-qizlarning 10 foiziga huquqiy maslahatlar berildi. Ko‘tarilgan masalalarning 15 foizining ijrosi vaqt va mablag‘ talab etganligi sbabli, mutasaddi tashkilot rahbarlari zimmasiga topshiriqlar yuklanib, ijrosi nazoratga olindi.

* * *  

Sirdaryo viloyati hokimligida, Moliya vazirligi departament boshlig‘ining o‘rinbosari A.Boboyev ishtirokida, Prezidentimizning 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati hamda ahamiyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Sirdaryo viloyati hududiy komissiyasi mas’ul kotibi, viloyat IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik D.Haitov yig‘ilish qatnashchilariga “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2020 yil 17 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib, mutasaddi tashkilotlar oldida turgan vazifalar va ular tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida hamda komissiya oldida turgan vazifalar xususida atroflicha tushunchalar berdi.

* * *  

Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘ralova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabulida 30 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.

Unda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan, jami 30 nafar fuqaroning kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, fermerlik uchun yer maydoni ajratish, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy qo‘llab-quvvatlash, ishga joylashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bino va boshqa masalalarga oid murojaatlari diqqat bilan eshitildi.  

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolari qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli hokim o‘rinbosarlariga ko‘rsatmalar berildi.

* * *

“Mahallabay” tizimida faoliyat olib borayotgan Mirzaobod tumanidagi 1-sektor ishchi guruh a’zolari tamonidan hududidagi “Yangi O‘zbekiston” shaharchasida aholi xonadonlariga uyma-uy yurish orqali muammolari o‘rganilib, aksariyati joyida bartaraf etilmoqda.  

Uyma-uy yurish jarayonida Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati aholiga yetkazish, qolaversa, unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda asosan nimalarga e’tibor qaratish va qanday yo‘llar bilan ijrosini ta’minlash kerakligi yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.  

Shuningdek, ishchi guruhi a’zolari tomonidan oilasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga zarur dori-darmon vositalari ham tarqatildi.

* * *

Guliston davlat universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi kengaytirilgan yig‘ilishda Prezidentimiz Oliy Majlisga Murjaatnomasining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish va unda ta’lim tizimida, jumladan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar mexanizmi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Universitet rektori, professor M.Xodjiyev, oliygoh professori R.Mahmudov va boshqalar 2021 yilda Murojaatnomadan kelib chiqib, jamoa tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar xususida aniq vazifalar belgilab berildi.

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA