Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
23:33 / 2020-12-20

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori A.Xaydarov Mirzaobod tumani aholisiga sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul jrayonida tuman hokimlgi, viloyat pensiya jamg‘armasi hamda mutasaddi tashkilot va korxonalarning vakillar ishtirok etdi. 

Sayyor qabulda pensiya va nafaqalar tizimidagi yangiliklar, ijtimoiy himoya yagona restor, 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga moddiy yordam tayinlanishi tartibi borasida atroflicha tushunchalar berildi. 

Ishtirokchilar tomonidan 50 dan ortiq murojaatlar bildirilib ularning 40 foizi joyida hal qilindi. 

10 foizga yaqin murojaatchilarga huquqiy tushinchalar berildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Shuningdek, tadbirda qatnashchilarini qiziqtiran savollarga savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 ********************************

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallarshtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida "Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi"da tashkil etilgan semenarda tadbirkorlar, bozorlar va savdo komplekslari rahbarlari, buxgalterlari va davlat ulushiga ega jamiyatlar yetakchilari ishtirok etdi. 

Shuningdek, tadbirda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 dekabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi qarori mazmun- mohiyati to‘g‘risida ham batafsil axborot berildi. 

O‘tkazilgan seminar yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqildi hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi belgilab qo‘yildi.

******************************

Yangi yil bayrami arafasida Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan har yilgi an’anaga ko‘ra, Guliston shahrining Ulug‘ yo‘l maxallasida joylashgan “Bolalar uyi”da tarbiyalanuvchilar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.

– Har bir inson farzandi e’tibor va mehrdan kuch olib yashaydi va ana shu mehr-oqibat bor joyda yangilanish, yuksalish, ezgu maqsadlar sari intilish bo‘ladi, – deydi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmaljon Mirzakarimov. – To‘g‘ri, ota-ona va oila muhitidagi mehrni to‘ldirish qiyindir, ammo mehrga tashna bu begunoh murg‘ak qalblarga biz o‘z tashrifimiz bilan ozroq bo‘lsada taskin, quvonch baxsh eta olishdek xayrli ish biz uchun ulkan sharafdir. 

Xayriya tadbirini tashkil etgan ushbu soxa xodimlari bolajonlarga Yangi yil bayrami sovg‘alari, turli shirinliklar, o‘yinchoqlar va ajoyib ertak kitoblari sovg‘a qildilar. 

******************************

Sirdaryo tumani hokimi B.Mirzaqulov aholi qabulini o‘tkazdi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Jarayonda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy yordam ko‘rsatish, elektr va tabiy gaz ta’minotidagi muammolar, bandlik, uy-joy, yer ajratish, bank kredit mablag‘lari berishdagi muammolar kabi 25 ga yaqin  murojaat tinglandi. 

Murojatlarning qariyb 30 foizi joyida hal etilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaroga tegishli maslahatlar berildi. O‘rganilishi vaqt talab etgan masalalarning bartaraf etilishi yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 

***************************

Sardobada O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Prezidentimizning joriy yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda “Yoshlar festivali” doirasida tuman hokimligi, ichki ishlar, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu tadbir, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida Paxtaobod mahallasi hududida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marafonida tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar vakillari hamda 150 nfardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Ommaviy yurish marafonini tumanning qolgan mahallalarida ham muntazam ravishda o‘tkazish yuzasidan grafik-rejala ishlab chiqildi.

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA