Ajratilgan kreditlar tufayli, viloyatda qariyb, 1200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi muvofiq yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavka bilan imtiyozli kreditlar ajratish hamda savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun hududlarda “Yoshlar mehnat guzari” majmualarini qurish va bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Sirdaryo viloyati filiali tomonidan, 2018-2020 yillar davomida 414 ta loyihaga 45 milliard so‘m imtiyozli kreditlar, 68 ta yosh tadbirkorlarga savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etishga “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish uchun yer(bino)lar ajratildi. Ajratilgan kreditlar tufayli, viloyatda qariyb, 1200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
**********************
Guliston shahrida O‘zbekiston — Qozog‘iston demarkatsiya qo‘shma komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi..
Unda Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida buzilgan chegara ustunlarini tiklash maqsadida Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati bilan chegarasi bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chegaralarida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi o‘tkazildi.
**********************
Sirdaryo viloyatida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarda “Dovyurak qutqaruvchi” mavzusida viktorina tarzidagi tanlov o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Guliston tumanidagi 11-umumta’lim maktabi o‘quvchilar o‘rtasida ham tashkil etilgan tanlov juda qiziqarli o‘tdi.
Yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada shakllantirish, qutqaruvchi kasbiga qiziqishini orttirish va kasbga yo‘naltirish, faqulodda holatlarni oldini olish hamda shunday vaziyat sodir bo‘lganda bartaraf etishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hatti-harakatlarni o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atrofolicha javob olishdi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlarining maxsus kiyimlari va asbob-uskunalaridan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar. “Dovyurak qutqaruvchi viktorinasi viloyatning boshqa maktablarida ham bo‘lib o‘tayotir.
**********************
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Guliston shahar bo‘limi, shahar jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, GROSS sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlikda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan taklif qilingan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi bo‘yicha bolalar va qizlar o‘rtasida karate bo‘yicha Gulistgon shahar ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblarga “GROSS” cug‘urta kompaniyasi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.
*********************
Sirdaryo tumanidagi Hikmatli mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining mas’ullari, tuman hokimligi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Zamonaviy qiyofaga ega, yangi bino Sirdaryo tumani hokimligi tomonidan 50 million so‘m homiylik mablag‘lari hamda mahalla faollarining hamjihatlikda uyushtirgan hashari bilan qad rostladi.
A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA