Sirdaryo viloyatini toza va obod hududga aylantirishda viloyat “Toza hudud” Davlat unitar korxonasining hissasi katta.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi «Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot bankining mablag‘lari hisobidan Sirdaryo viloyat “Toza hudud” DUKga katta hajmli 8 dona yangi “Isuzu” rusumli maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport vositalari olib kelindi. Maxsus avtotransport vositalari olib kelingani chiqindilarni o‘z vaqtida tashish bilan bog‘liq ishlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

– Ushbu avtotransport vositalari avvalgilariga qaraganda ancha qulay, – deydi haydovchi Bahriddin Tursunqulov. – Transportlar mavjud talablardan kelib chiqqan holda tuman va shaharlarga taqsimlandi.

– Texnikalar olib kelingani hisobidan xizmatlar sifati oshdi, – deydi viloyat "Toza hudud" DUK rahbari Yusuf Saidbekov. – Shu bilan birga yana 16 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA