Sirdaryo viloyati prokurori Boyovut tumanida
Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov Boyovut tumanida yoshlar bilan uchrashdi. Ochiq muloqot davomida u davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatnomasida ilgari surilgan masalalar, sud-huquq tizimidagi islohotlar, yoshlar va ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar, e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida gapirdi.
Diniy ekstremizm, giyohvandlik, odam savdosi va "ommaviy ma’daniyat" kabi xavf-xatarlardan yiroq bo‘lish va bu borada yoshlar hamisha ogoh bo‘lishlari lozimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Boyovut tumani xokimi Dilfuza O‘rolova yettita yo‘nalishda 24 nafar yoshga oliy o‘quv yurti kontrakt to‘lovi va zamonaviy o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash uchun sertifikatlarni topshirdi.


Sh.Suyarov, O‘zA