Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi (+video)
18:34 / 2022-08-05

E’lon

2023 yil Sirdaryo viloyati tashkil topganiga 60 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi eng yaxshi logotip dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Logotipda Sirdaryo viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati va taraqqiyot yo‘li o‘z ifodasini topishi lozim.

Ijodiy ishlar tanlov hay’ati tomonidan 2022 yil 15 avgustdan 21 oktyabrgacha qabul qilinadi. G‘oliblar 8 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 10 ta eng yaxshi ijodiy ish qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.

Ijodiy ishlar logosirdaryo@umail.uz elektron manzil orqali qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (67) 235-35-35 telefon raqami orqali olish mumkin.

<iframe width="901" height="507" src="https://www.youtube.com/embed/q-HW6iNFSkA" title="Sirdaryo viloyati logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>