Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati: kun xabarlari qisqa satrlarda
20:37 / 2020-04-14

Karantin davrida ham Sirdaryo viloyatida yoshlarni ish bilan taʼminlash masalasi mutasaddilarning eʼtiboridan chetda qolayotgani yoʻq.


Karantin davrida ham Sirdaryo viloyatida yoshlarni ish bilan taʼminlash masalasi mutasaddilarning eʼtiboridan chetda qolayotgani yoʻq.

Viloyat bandlikka koʻmaklashish markazi axborot xizmati vakillarining taʼkidlashicha, Xovos tumanida tashkil etilgan “Hamza-Husniobod” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 20 nafar kam taʼminlangan va ishsiz fuqarolarga 50 sotixdan ekin maydonlari ajratib berilgan.

Xovos tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan qishloq xoʻjaligi kooperativga aʼzo boʻlgan har bir oila uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida, jami 44 million 600 million soʻm subsidiya mablagʻlari ajratib berildi. Ushbu ajratilgan yer maydoniga birinchi ekin sifatida supurgi ekilib, 20 nafar kam taʼminlangan va ishsiz fuqarolar tomonidan dastlabki ishlov olib borilmoqda. Shuningdek, ikkinchi ekinga mosh, uchinchi ekinga esa toʻqsonbosti – piyoz va sarimsoq piyoz mahsulotlarini ekib berish rejalashtirilgan.

* * *

“Bek klasster“ masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona Sirdaryo viloyati Xayriya yordamlarini muvofiqlashtirish markaziga 20 tonna miqdorida un mahsulotini xayriya yordami sifatida yetkazib berdi. 

Viloyat Xayriya yordamlarini muvofiqlashtirish markazi “Bek klaster” MCHJ qoʻshma korxonasi rahbari, senator Ulugʻbek Sotiboldiyevga minnatdorchilik maktubi yoʻlladi.

Maktubda jumladan, shunday satrlar bor: “El boshiga ish tushib, koronavirus pandemiyasi sababli eʼlon qilingan karantin davrida yordamga muhtoj fuqarolarimizga koʻrsatgan saxovatingiz va eʼtiboringiz uchun minnatdormiz!”

* * *

Bugun Sirdaryo tumanidagi “PENG SHENG” Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi tomonidan Sirdaryo tuman hokimligiga gumanitar yordam koʻrsatildi.

Unga koʻra qoʻshma korxona tomonidan 10 ming dona tibbiy niqob tuman hokimligiga yetkazib berildi.

“Yordam koʻrsatib, siz nafaqat moddiy koʻmak, balki ishonch va quvonch ulashdingiz. Sizdan minnatdormiz!” deya taʼkidladi Sirdaryo tumani hokimi Alijon Muhamadiyev.