Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i aholi arzini tingladi
20:07 / 2021-06-21

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining yangidan tayinlangan boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Bo‘ronov tasdiqlangan reja asosida boshqarmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.

Ushbu qabulda o‘nga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 4 tasi dastlabki tergov, 2 tasi ishga qabul qilish, bitta masala ishga qayta tiklash, bitta masala qo‘shnilar o‘rtasida kelishmovchilik va yana bitta murojaat esa yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlariga taalluqli bo‘ldi.

Qabul jarayonida murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, murojaatchilarga qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berildi.

Murojaatlarning barchasi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilganligi bois, yurituvga olinib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar bergan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.

A.Qayumov, O‘zA