Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati hokimi prokuratura organlari xodimlarini bayram bilan qutladi
09:19 / 2021-01-09

Prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan Guliston shahrida tashkil etilgan bayram tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev ham ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbot etdi.

Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Prokuratura organlari xodimlarining kasbiy bayrami sifatida belgilangan kun – soha fidoyilari uchun qutlug‘ sana hisoblanishi shubhasiz.

Ushbu sohada mehnat qilayotgan Sirdaryo viloyatidagi xodimlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.

— Prokuratura tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodim davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, oliyjanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘rinmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilayman, — dedi viloyat hokimi soha xodimlariga tabrik nutqida.

Fidoyi, jonkuyar, xalqparvar o‘z ishiga sadoqat va yuksak mas’uliyat bilan yondashgan xodimlar e’tirof etilib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.QAYUMOV, O‘zA