Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati chegara bojxona postlarida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
09:43 / 2022-08-10

Mamlakatimiz sarhadlarida joylashgan chegara bojxona postlarida xizmat qiluvchi maxsus tuzilmalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda “Sirdaryo” va “Xovosobod” chegara bojxona postlari hamda “Malik” va “Oqoltin” chegara bojxona punktlarida shaxsiy tarkibning jangovar shayligini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi maxsus-taktik amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bunda DXX Chegara qo‘shinlari, viloyat bojxona, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar boshqarmalarining hamkorlikdagi tuzilmalari ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar va boshqa mol-mulklarni o‘tkazishda yuzaga keladigan vaziyatlarda chegara o‘tkazish punktlaridagi tuzilmalarning hamkorlikdagi harakatlari muvofiqlashtirildi.

Bu kabi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilishi davlatimiz va iqtisodiyotimiz xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar hisoblanadi.

Sh.Suyarov, O‘zA