Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” aniqlandi
14:59 / 2023-01-18

O‘qituvchilik sharafli va mashaqqatli kasb, yoshlarga ta’lim-tabiya berish, ularni kelajakda komil inson etib tarbiyalashda o‘qituvchi va uning pedagogik mahorati muhim ahamiyatga ega.

Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi" tanlovi mazkur muassasada faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarning kasbiy mahorati, bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litsey o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov  ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, fanlar bo‘yicha qiziqarli va interfaol metodlarni ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish, o‘qituvchilar mas’uliyatini yanada oshirish, malakali o‘qituvchilar zaxirasini yaratishga qaratilgan.

Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘lib, dastlabki bosqich ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovida 6 nafar mahoratli pedagog o‘zaro bellashdi.

Bunda har bir o‘qituvchi tomonidan tanlov o‘tkazilayotgan davrda amalga oshirilgan ishlari, ko‘rsatkichlari, soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va yangiliklarni joriy etish bo‘yicha g‘oyalari, notiqlik mahorati, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki kabi mezonlar asosida hududiy komissiya tomonidan xolis va shaffof baholab borildi.

Natijalarga ko‘ra, Konstitutsiyaviy huquq fani o‘qituvchisi Sherzod Yo‘ldoshev g‘olib, deb topildi, nomzod sifatida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA