Sirdaryo tumaniga hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat rahbari Erkinjon Turdimov ishtirok etayotgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.



Deputatlar tomonidan shu kunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Turdimurodov Azizbek Maxammatqul o‘g‘li nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari