French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo tajribasi Oqoltin tumanida...
08:32 / 2021-05-24

Boshlang‘ich ta’limni imoratning poydevoriga qiyoslashadi. Qachonki poydevor mustahkam bo‘lsa, yillar davomida imoratimiz ko‘rk va chiroyini yo‘qotmaydi.

Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilning 22 may kuni Oqoltin tumanidagi «Yangi Toshkent» mahallasida joylashgan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O.Gaymnazarov, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlang‘ich ta’lim metodisti G.Davronova va tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari «Sirdaryo tajribasi Oqoltin tumanida» shiori ostida «Boshlang‘ich ta’lim kecha va bugun» mavzusida Respublika amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

  Seminarda Respublika ta’lim markazi xodimlari F.Karimova hamda F.Mo‘minova, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi Xorijiy tillar metodisti R.Almatova, Sirdaryo viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi xodimi G.Berdaliyeva hamda tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan boshlang‘ich ta’lim metodistlari va ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

 Seminarda «Oilam uchun uy quraman» shiori ostida «Yuz o‘lchov birligi» mavzusida o‘qituvchilarning tajribalari namunali tarzda namoyish etildi.

 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi D.Jo‘rayeva 1-sinflar uchun «Kitobni asrang» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tib berdi.

 Bundan tashqari, Oqoltin tumani Boshlang‘ich ta’lim metodisti M.O‘ljaboyeva va Sardoba tumani 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi G.Absatovalar ishtirokida «Kalendar» mavzusida trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan «Gullar» festivali hamda ko‘rgazmali qurollar yarmarkasi tashkil qilindi.