Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo tajribasi GIZ ekspertlari diqqat markazida
20:22 / 2025-10-11

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “BACKUP Health” dasturi konsultantlari — doktor Tural Gulu va Gintaras Kacyevisius Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrifdan maqsad — viloyatda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning aholi salomatligini muhofaza qilishdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat edi.

Dastlab mehmonlar bo‘linma rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashib, jamg‘arma tizimidagi yangiliklar, reimbursatsiya amaliyoti va tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishdagi shaffoflik masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Uchrashuvda bo‘linma boshlig‘i Sh. Mamadaliyev, bosh mutaxassislar A. Begmurodov, N. Saidova hamda R. Jo‘rayevlar ishtirok etishdi.

Konsultantlar, shuningdek, Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Boyovut tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 7-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdilar. Ular oilaviy shifokorlar va hamshiralar bilan suhbatlashib, tibbiy sug‘urta tizimi amalda qanday qo‘llanilayotgani, bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari va raqamli hujjat aylanmasi bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Kun yakunida “GIZ BACKUP Health” konsultantlari Guliston tibbiyot klasterida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan innovatsion yondashuvlar, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘limlar va raqamli boshqaruv tizimi faoliyati bilan tanishishdi.

Keyin ular  Sirdaryo viloyatida tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimli va natijaviy yo‘lga qo‘yilganini qayd etib, ushbu tajriba mamlakatning boshqa hududlari uchun ham namuna bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri