Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo – Qonliko‘l: ehtiyojmand oilalarga moddiy ko‘mak berilmoqda
11:12 / 2022-07-01

Xalqimizning mehr-oqibat, ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan ayyomi – muborak Qurbon hayiti arafasida mehr-e’tibor, ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, beg‘araz yordam berish ezgu an’anaga aylangan.

Imom xatiblar, nuroniylar, korxona va tashkilot rahbarlari, yoshlardan iborat Sirdaryo viloyati faollari ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida bo‘lib turibdi.

Maqsad, tumanda istiqomat qilayotgan "Temir daftar", “Ayollar daftari” va "Yoshlar daftari"da turuvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy ko‘mak berishdan iborat.

Sirdaryolik faollar tuman mutasaddilari hamrohligida oilalar, yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olib, bayram sovg‘alarini topshirdi.

Bundan tashqari tumandagi mavjud qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida amaliy yordam berilmoqda.

Aholiga ko‘rsatilayotgan beminnat, beg‘araz yordamlar davom etadi.

Sh.Suyarov, O‘zA