Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo prokurorlari oʻquvchilar uchun 184 million soʻmlik oziq-ovqat ulashdi
21:46 / 2020-04-18

Karantin sharoitida oʻquvchilar oʻz uylarida taʼlim olmoqda.

Karantin sharoitida oʻquvchilar oʻz uylarida taʼlim olmoqda. Ularni sinovli kunlarda qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa kam taʼminlangan, koʻp bolali oilalarga koʻmak koʻrsatishga prokuratura organlari xodimlari alohida eʼtibor qaratmoqda.

photo_2020-04-18_21-25-26 (2).jpg

Shu maqsadda Sirdaryo viloyati prokuraturasining tashabbusi bilan “Ezgulik karvoni” tashkil etildi.

photo_2020-04-18_21-25-26.jpg

Ushbu karvon orqali viloyatdagi 2-sektor hududida joylashgan va prokurorlar otaligʻida boʻlgan maktablardagi 1-sinfdan 5-sinfgacha boʻlgan 5 ming 818 nafar hamda uyda taʼlim oluvchi 96 nafar oʻquvchiga karantin qoidalariga rioya qilgan holda 7 turdagi 184 million soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

photo_2020-04-18_21-25-25.jpg

Shu bilan birga, 11 nafar prokuratura organlari faxriylariga 10 turdagi oziq-ovqat maxsulotlari ham ulashildi.