Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo maktablari o‘quvchilarni o‘z bag‘riga chorladi
12:37 / 2022-09-05

Bugun Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari va “Mustaqillik darslari” bilan yangi o‘quv yili boshlandi.

Viloyat hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo tumanidagi 31-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda qatnashdi va o‘quvchi-yoshlarni Mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi, yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Viloyatdagi 314 ta umumta’lim maktabida 158 361 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, 2503 nafar o‘quvchi-yosh Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 9 ta ixtisoslashgan maktabda yangi o‘quv yilini boshladi. Umumta’lim maktablarining birinchi sinfiga qabul qilingan 16 833 nafar o‘quvchiga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.



Joriy yilda viloyatda Investitsiya dasturi asosida 8 ta, Jahon bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi doirasida 6 ta maktab, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 29 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA