Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
18:00 / 2023-02-03

Mazkur stansiya “On-Grid” rejimida ishlaydi va yiliga qo‘shimcha 2,3 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda yiliga 750 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Buning natijasida yoqilg‘i resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda quyosh fotoelektr stansiyasi quyosh radiatsiyasiga qarab o‘rtacha 800 kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

Ushbu loyiha Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

ЎзА