French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siqilgan gaz hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilmoqda
14:11 / 2021-01-27

bugungi kunda mamlakatimizda mingdan ortiq avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Albatta, ular orqali yetkazib berilayotgan gazning zarur hajmini aniq hisob-kitob qilish va ular har kuni avtotransportga quyilayotgan gazga oid ma’lumotlarning shaffofligi muhim ahamiyatga ega.

Aynan shu talablardan kelib chiqib, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ishini sifatli tashkil etish, ularda avtotransportga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash maqsadida siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda.

O‘z navbatida, avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘tkazilayotgan tekshiruvlar davomida gaz o‘lchash uskunasiga AGTKSH egalariga “foyda” keltirishga xizmat qiladigan tashqi ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda. Gazning bu tarzda talon-toroj qilinishi, shuningdek, ayrim AGTKSHlarda mijozlarni jalb qilish uchun boshqalarga nisbatan narxlarni vaqtincha kamaytirish imkonini berib, bu esa avtotransport egalarida real narxlar borasida yanglish fikrlashiga olib keladi va odamlarning asossiz noroziliklariga sabab bo‘ladi.

– Avtomatlashtirilgan tizim shu jihatdan ahamiyatliki, unda siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritish transportirovka vaqtida olinayotgan va yuborilayotgan ma’lumotlarni aniq hisobga olish imkonini beradi, – dedi Energetika vazirligi Matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova. – Unda gaz oqimi kirimi va chiqimini nazorat qilgan holda hisob jarayonida inson omilisiz jarayon vujudga keladi. Shu bilan birga, sovuq kunlarda uyi AGTKSH yaqinida joylashgan iste’molchilardan doimiy ravishda gaz bosimi kamayib ketayotganligi to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Gaz taqsimotini muvozanatlashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi bilan mazkur muammo ham bartaraf etiladi. Yana bir muhim jihat shuki, mazkur tizim gaz yetkazib berishdagi qonunbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida avtotransport vositalariga sotilgan gaz miqdorini onlayn nazorat qilish joriy etilgach, gaz o‘lchash uskunasi ishiga aralashish mumkin bo‘lmaydi. Ushbu  tizim vazirlik tomonidan gaz oqimini onlayn tartibda nazorat qilish, Davlat soliq qo‘mitasiga esa sotilayotgan mahsulot hisobini shaffof yuritishda juda qulay hisoblanadi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA