English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SIPRI: Ukraina qurol importi bo‘yicha dunyodagi eng yirik uchinchi mamlakatga aylandi
11:46 / 2023-03-13

Ukraina o‘tgan yili qurol xarid qilish bo‘yicha Qatar va Hindistondan keyin dunyodagi uchinchi yirik davlatga aylandi, deb ma’lum qilmoqda Tinchlik muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha Stokgolm xalqaro instituti (SIPRI).

Institutning dunyo qurol-yarog‘ bozoriga bag‘ishlab e’lon qilgan hisobotida  keltirilishicha, 1991 yildan 2021 yil oxirigacha Ukraina yirik qurollarni oz import qilgan. Rossiyaning harbiy amaliyoti boshlangandan keyin esa Ukraina AQSH va qator Yevropa mamlakatlarining harbiy yordami natijasida 2022 yilda dunyodagi uchinchi yirik importchi mamlakatga aylandi, deyiladi ma’ruzada.  

2018 yildan to 2022 yilgacha AQSH, Rossiya, Fransiya, Xitoy va Germaniya qurol eksportchilarining kuchli beshligini tashkil etgan, deyiladi SIPRI tarqatgan ma’lumotda.  

Shu bilan birga, AQSH va Rossiyaning eksportidagi tafovut sezilarli ravishda oshgan, ya’ni Rossiyaning qurol eksporti qisqargani aytilmoqda. Unga Fransiya yetib olmoqda, deyiladi matbuot xabarnomasida.