Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinxron suzuvchilarimiz Osiyoda ikkinchi bo‘ldi
20:49 / 2024-03-03

Filippinda o‘tkazilayotgan suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida sinxron suzish bo‘yicha 13-15 hamda 12 va undan kichik yoshdagi sportchilar o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining chiqishi hakamlar tomonidan  183.55 ball bilan baholandi va kumush medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda  Qozog‘iston termasi oltin, Tailand esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur qit’a chempionatida hozirga qadar 4 ta kumush va 2 ta bronza medal jamg‘argan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA