Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinxron suzuvchilarimiz jahon kubogi super finalida qatnashdi
18:04 / 2023-06-06

Ispaniyada sinxron suzish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogining super finalida Diana Onkes, Ziyodaxon Toshxo‘jayeva hamda Anna Vashenkodan iborat terma jamoamiz a’zolari ikki dastur bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Super final bahslarining ilk kunida hamyurtlarimiz texnik duet mashqida ishtirok etib, 194.4066 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi kuni o‘tkazilgan erkin dastur bahslarida terma jamoamiz a’zolari 152.2250 ballga ega bo‘ldi.

To‘plangan ballar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtlarimiz sinxron suzish bo‘yicha jahon kubogining super final yakunida ikkala dastur bo‘yicha 8-natijaga erishdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

T. Ro‘ziyev, O‘zA