Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinxron suzuvchilarimiz Belarusda sovrindor bo‘ldi
10:55 / 2025-05-25

Minsk shahrida sinxron suzish bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli turnirda o‘zbekistonlik sportchilar sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Belarus ochiq chempionati maqomida o‘tkazilgan turnirda Belarus, Rossiya, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning mahoratli sportchilari qatorida yurtimiz vakillari tegishli yo‘nalishlarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qiziqarli kechgan bahslar yakunida mamlakatimiz sinxron suzuvchilari musobaqaning uchta dasturida bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishda mahoratli sportchilarimiz Darya Kochneva va Yelizaveta Kasatkina g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA