Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinxron suzuvchilar Toshkentda raqobatlashmoqda
10:26 / 2024-03-31

Poytaxtimizdagi «Saxovat sport servis» suzish havzasida sinxron suzish bo‘yicha 15 yoshgacha va undan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda. Chempionatda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 70 nafardan ortiq sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun raqobatlashmoqda.

Musobaqaning kattalar o‘rtasidagi texnik guruh yo‘nalishida Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, o‘smirlar orasida Suv sporti turlariga qarashli ixtisoslashgan sport maktabi suzuvchilari g‘olib bo‘ldi. Texnik solo bo‘yicha kattalar toifasida Ziyoda Toshxo‘jayeva hamda Vyacheslav Rudnevga teng keladigani topilmadi. O‘smirlar orasida esa Darya Kochneva, Mixail Xan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Duet bahslarida Diana Onkes va Sabina Mahmudova kattalar o‘rtasida, Darya Kochneva hamda Yelizaveta Kasatkina o‘smirlar toifasida mamlakat chempioniga aylandi. Shuningdek, chempionatda bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA